MENU

Otajon Hudoyshukurov hayoti va ijodi
29.12.2020, 19:32

Otajon Hudoyshukurov (1944.4.10 – 1994.22.12) – xonanda, O'zbekiston (1977) va Qoraqalpog'iston (1970) xalq artisti.
Аshula aytishni amakisi xonanda Y.Olloshukurovdan o'rgangan> Keyingi ustozlari K.Otaniyozov, Nazir qori, J.Bekchonov va boshqalar. 1963 yildan Qoraqalpoq filarmoniyasida yakkaxon xonanda. Repertuaridan mumtoz ashulalar (“Feruz I-II“, “Xorazm Segohi”, “Bozurgoniy”, “Qo'shchinor”, “Guluzorim”, “Kurd Eshvoyi”, “Samarqand ushshog'i”, “Toshkent iroqi” va boshqalar). Xorazm doston noma (qo'shiq)lari “Najab o'g'lon”, dostonidan “Kimni sevar yorisan”, “Bahrom va Gulandom” dan, “Аyriliq”, “Аvazxon” dan “Qalandarim”), kompozitor va bastakorlar asarlari (“Ko'zlaring sening”, “O'zbekistonim”, “Ra'no bo'layin deb”, “Sog'inib keldim” va boshqalar), shuningdek, turkman, ozarbayjon, qoraqalpoq xalq qo'shi?lari o'rin olgan. Hudoyshukurov sozanda (torchi) va o'zi aytadigan (“Mujgonlaring”, “Olamda bir”, “Birinchi muhabbatim” kabi 300 dan ortiq) qo'shiqlarning bastakori sifatida ham tanilgan. Hamza nomidagi O'zbekiston Davlat mukofoti laureati (1974). 1999-yildan Otajon Hudoyshukurov nomida yosh xonandalarning Respublika tanlovi o'tkazilmoqda. Ellik qal'a va To'rtko'ldagi ko'cha, xiyobon va bog'larga Hudoyshukurov nomi berilgan.

Добавил: uzstarsru |
Просмотров: 16 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
uCoz