MENU

Kaniza hayoti va ijodi
29.12.2020, 19:18

Kaniza (Ahmedova Shahrizoda Farhodovna) 28-aprelda Farg'ona viloyati Qo'qon shahrida ziyolilar oilasida dunyoga kelgan. Millati o'zbek, ma'lumoti o'rta mahsus. Ayni damda O'zbekiston Davlat Konsertvatoriyasi Estrada fakultetining 2 bosqich talabasi hisbolanadi.
Xonandaning oilasi katta: ota-onasi, akasi, ikkita opasi hamda ota-onasining erka va kenja farzand Shahrizoda (Kaniza).
Shahrizoda 1992-yilda Qo'qon shahridagi 21-o'rta maktabining 1-sinfiga o'qishga borib, 2001-yilda shu maktabning 9-sinfini tamomlagan.
2001-yilda Toshkent shahridagi "Benkov" nomidagi O'zbekiston Respublikasi rassomchilik kollejining Milliy liboslar dizayni fakultetiga o'qishga kirib, 2004-yilda modelyer-dizayner diplomini qo'lga kiritdi.
O'qishni tugatgach musiqaga qiziqishni boshlagan va 2006-yildan buyon yakkaxon tarzda o'z ijodini boshlagan. Bobosi - O'zbekiston xalq artisti Murodjon Ahmedovni turmush o'rtog'i, ya'ni buvisi Kanizaxonni ismlarini o'ziga tahallus qilib olgan.
Kaniza - tojikcha ism bo'lib, jasur, dovyurak, shaddod qiz ma'nosini anglatadi.
2007-yildan buyon O'zbekiston Yoshlar ijodiyot uyining boshlang'ich guruh rahbari lavozimida ishlab kelmoqda.
2009-yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Yosh iste'dodlar uchun ta'sis etilgan "Nihol" mukofoti bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari o'zini aktrisa sifati sinab, "Sehrli uzuk" musiqiy filmida Farangiz ismli qizni rolini ijro etgan.

Добавил: uzstarsru |
Просмотров: 14 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
uCoz