MENU

Eldido guruhi hayoti va ijodi
29.12.2020, 18:54

Eldido guruhi
Eldor Xushvaqtov 1984-yilda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog' tumanida, san'atkorlar oilasida tavallud topadi. 1999-yilda Yakkabog' tumanidagi 2-maktabni tugatib, dizayn yo'nalishi bo'yicha kasb-xunar kollejida taxsil oladi. 2002-yilda esa xarbiy xizmatini o'tab keladi. San'atni bolaligidan sevgani uchun 2008-yilda Eldor Toshkent Davlat San'at intstitutining musiqali teatr aktyorligi bo'limida taxsil oladi.
Doston Xakimov 1990-yilda Andijon viloyatining Shahrixon shahrida tavallud topadi. 1996-2005 yilgacha 48-maktabda taxsil oladi. Qo'shiq va musiqaga qiziqishi bo'lgani sabali, 6-sinfdan to 9-sinfigacha Andijon yoshlar markazida musiqa to'garagida ham musiqa va chang asbobidan taxsil oladi. Deyarli maktabdagi barcha tadbirlarda qo'shiq kuylab, barchani lol qoldirardi. 2005-2008 yillarda Andijon shahridagi San'at kollejining xor-direjyorlik fakultetida taxsil oladi. Va nihoyat 2008-yil poytaxtdagi Toshkent Davlat San'at institutining musiqali teatr aktyorligi fakultetiga o'qishga kiradi.
Dilniyoz Gafarov 1989-yil 1-dekabr kuni Samarqandda, san'atkorlar oilasida tavallud topdi. U san'atga bo'lgan muhabbati juda ham erta, 2-3-yoshligidanoq namoyon bo'ladi. Bolaligida u okustik gitarada kuy ijro eta olgan. Mahallasidagi yoshlar ijodiy markazida o'tkaziladigan tadbirlarda Mahmud Namozovning o'sha vaqtdagi hit bo'lgan "Chipira dalli dali" qo'shig'ini xar safar ijro etib berar edi. Xattoki uni mahallada "chipira dalli-dalli" deb taxallus bilan chaqirishar edi. 1997-yil Samarqand viloyati, Toyloq tumani, Sochak qishlog'idagi 8-o'rta maktabga boradi. Maktab davrida ham barcha ko'rik tanlovlarda birinchilikni qo'lga kiritgan. Deyarli maktabdagi barcha bayram va yig'ilishlarda boshlovchilik qilgan. Maktabdan so'ng, 2004-yilda Samarqand viloyati Xoji Abdulaziz Abdurasulov nomli san'at kollejida, drama aktyorlik fakultetida taxsil oladi. 2007-yilda, 19 yoshida esa o'tkazilgan Respublika ijrochilar ko'rik- tanlovida musiqali drama aktyorligi yo'nalishi bo'yicha gran-pri soxibi bo'ldi. 2008-yilda esa bu g'oliblik bilan Toshkent Davlat san'at institutiga musiqali drama aktyorligi fakultetiga imtiyozli ravishda o'qishga qabul qilinadi. 2007-yilda "Tasanno" mukofoti sovrindori bo'ladi. San'atga bo'lgan qiziqishi ortib, u kursdoshlari Eldorbek Xushvaqtov va Dostonbek Xakimovlar bilan "Eldido" triosini tashkil etadilar. Bundan tashqari 2011-yildan Dilniyoz Gaffarov bir nechta kinokartinalarda ham o'z maxoratini sinab ko'radi. Rejissyor Rustam Sa'diyevning "Kelganda kelin-2 yohud Anjancha muxabbat" filmi uning debyut filmidan hisoblanadi. 2012-yil rejissyor Sherzod Shoxalilovning "Sevgi farishtasi" kartinasida, talaba yigitning rolini ijro etadi.

Добавил: uzstarsru |
Просмотров: 7 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
uCoz